CPU bound & I/O bound
CPU bound
CPU (Central Processing Unit) kompyuterning integral qismi hisoblanadi, u kompyuterning asosiy protsesslarini bajaradi. CPU asosiy operatsiyalarni bajaradigan bir vaqtda cache va xotira ham protsesslarni yakunlanishiga yordam beradi. CPU bound Kompyuter degani bu boshqa komponentlardan foydalanish o'rniga protsessni qatiy CPU zimmasiga yuklaydi. Bunday kompyuterlar CPU kuchli bo'lsa juda tezkor bo'ladi, ammo boshqa komponentlar ishlamaganligi sabab balans yo'qoladi.
Tizim CPU bound deyilganda barcha protsesslar faqat CPU orqali bajarilishi tushuniladi. Bunday xolatda CPU odatiy 10-20% emas balki 90-100% ishlaydi. CPU kuchli bo'lsa u kompyuterning umumiy tezligini ham tabiikiy oshiradi. Bunday xolat ko'proq sizning dasturlaringiz hisob kitob talab qiladigan dasturlar bo'lsa kuzatiladi. Agar dasturlar grafika yoki boshqa komponentlari ishlashini talab qiladigan dasturlar bo'lsa ular CPU bound tizimlarda yetarlicha ish ko'rsata olmaydilar.
I/O bound
Kompyuter tizimida I/O bound deb operatorlarning qabul qilinishi va qaytarib yuborilishini kutishga ketgan vaqt protsessni bajarishga ketgan vaqt sifatida qo'shib hisoblanishiga aytiladi, yani protsessning tugatilishi Input va Outputga bevosita bog'liq bo'lsa. Bu CPU bound terminining qarama qarshisi. Sodda qilib aytganda malumotni qabul qilish shu malumot ustida bajariladigan operatsiyadan ko'ra ko'p vaqt olishidir.